Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani diskvalifikatsiya sababli 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi birinchi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Germaniya jamoasi ustozi «Real»ga qarshi kechgan chorak final javob bahsida (4:3) hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolangan edi. Bu Kompani uchun turnirdagi navbatdagi ogohlantirish bo'lgani sababli, u avtomatik ravishda bir o'yinga chetlatildi.

Ma'lumot uchun, «PSJ» Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. O'tgan mavsum finalida parijliklar Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etishgan edi. Bu safar Kompanisiz «Bavariya»ga amaldagi chempionga qarshi safarda oson bo'lmasligi aniq.