Kompani Olisening o'yinini maqtadi, lekin...

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa yarim himoyachisi Maykl Olisening sport formasiga baho berdi.
«Keling, uning o'yini, so'nggi bir yarim yil ichida ko'rsatayotgan bahslari haqida gapiraylik va u shu ruhda davom etishiga umid qilaylik», — deya Kompanining so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.
2025/2026 yilgi mavsumda 24 yoshli frantsiyalik futbolchi 42 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol va 29 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.