Kompani nima uchun jahon chempionatida ekspert sifatida ishlamasligini tushuntirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani 2026 yilgi jahon chempionatida ekspert sifatida ishlash taklifini rad etdi.
«Hech qachon! Nima uchun ta'tilim vaqtida bu ishni qilishim kerak? U holda keyingi mavsumda Myunxenda oilam bo'lmaydi (oilamdan ajrab qolaman). Bunga hech qanday imkoniyat yo'q», — deya Kompanining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Kompani 2024 yil yozida «Bavariya» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Avvalroq myunxenliklar muddatidan oldin Germaniya chempioniga aylanib, ketma-ket ikkinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritishgandi. 2026 yilgi jahon chempionati shu yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Kompanining vatani — Belgiya terma jamoasi «G» guruhida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi.