Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasida “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag'lub etishiga yordam bergan hujumchi Xarri Keyn haqida gapirdi.

"Hamma bilgan narsa haqida gapirishdan ma'no yo'q. Men faqat bir narsani aytishim mumkin: Keynning to'psiz qanday ishlashiga qarang.

U qanday bosim o'tkazayotganiga, jamoaga yordam berishiga va to'pni qaytarib olishiga qarang. U qancha kuch sarflayotganini hisobga olsak, gollar urishi ham tabiiy.

Iste'dod va mahorat haqida xohlaganingizcha gapirishingiz mumkin", - dedi Kompani.