Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa hujumchisi Harri Keynning qaysi jihatlari etarlicha baholanmasligi haqidagi savolga javob berdi.

«Menimcha, Angliyada uning hujumlarni yakunlashi va etakchilik qobiliyatlari doim munosib baholangan. Ammo hozir biz uning o'yin intellekti, ishchanligi va jamoaviy o'yinga qo'shayotgan ulkan hissasini ham ko'rib turibmiz. Eng muhimi — bu xislatlarning barchasi aql bovar qilmas statistik ko'rsatkichlar bilan uyg'unlik tashkil etadi», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, bugun, 28 aprel kuni «Bavariya» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida safarda «PSJ» mehmoni bo'ladi. Oradan sakkiz kun o'tib jamoalar Myunxenda javob uchrashuvini o'tkazishadi.