Kompani jamoasini ogohlantirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Real»ga qarshi safar o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Bavariya» qarama-qarshilik favoriti sifatida ko'rilayotgan bo'lsa-da, Kompani Madridda jamoasi uchun juda qiyin bo'lishiga ishonchi komil.
«Biz «Real»ning eng yaxshi versiyasiga tayyorlanishimiz kerak. Xuddi «Manchester Siti»ga qarshi o'yinlardagi kabi holatga. Ular hali ham Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib qolmoqda. Ehtimol, bu Chempionlar ligasidagi eng qiyin safar o'yini bo'lar. Biz shu erda g'alaba qozonishni istaymiz», — dedi Kompani matbuot anjumanida.