“Bavariya”ning ko'plab muxlislari singari bosh murabbiy Vensan Kompani ham klubning Chempionlar ligasida to'qnash keladigan raqiblari sifatiga qoyil qoldi.

"Biz Angliyaning ikkita klubi va "PSJ"ga qarshi o'ynaymiz - ularning barchasi favoritlar qatorida.

Belgiya klublariga qarshi ikkita o'yin men uchun alohida o'rin tutadi. Biz bilamizki, oltita g'alaba kuchli sakkizlik, to'rtta g'alaba esa pley-offni anglatadi.

Shubhasiz, biz kuchli sakkizlikka kirishni xohlaymiz. Muhimi, biz oldinga siljishimiz. Bu oson bo'lmaydi, lekin bizning orzumiz aniqki, finalga chiqish", – dedi murabbiy.