Kompani Gvardiolaning o'rinbosari bo'lishga tayyormi?

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani kelajakda "Manchester Siti"da ishlashi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi. OAVda aynan Kompani Xosep Gvardiolaning o'rinbosari bo'lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
"Futbolda hech qachon uzoqni o'ylamaslik kerak. Hozir 100 foiz e'tiborimni "Bavariya"ga qaratganman. Men shunchaki hozirgi kun bilan yashashni istayman. Boshqa narsalar haqida fikrim yo'q," - deya Kompani so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Kompani "Bavariya"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni vaqtda jamoa 12 turda 34 ochko to'plagan holda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.