Kompani: «Gvardiola tufayli murabbiy bo'lishga qaror qildim»

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimidan ketishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
«U bilan birga ishlash men uchun haqiqiy sovg'a edi. Aynan u bilan o'tkazgan yillarim meni kelajakda murabbiy bo'lishga undadi», — deya Kompanining so'zlaridan iqtibos keltiradi Bayern&Germany.
Kompani va Gvardiola 2016-2019 yillarda belgiyalik futbolchi «Siti»da to'p surgan paytda birga ishlagan. 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Kompani murabbiylik yo'liga o'tdi: 2020-2022 yillarda «Anderlext»ni, 2022-2024 yillarda «Byornli»ni boshqardi, 2024 yildan buyon esa «Bavariya»da faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiolaning «Siti»dan ketishi haqida 22 may, juma kuni rasman ma'lum bo'lgan edi.