Kompani: «Gvardiola bilan ishlash men uchun sovg'a bo'lgandi»

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyligidan ketishi borasida o'z fikrini bildirdi.
«U bilan birga ishlash men uchun sovg'a bo'lgandi. Aynan u bilan o'tkazilgan yillar meni kelajakda murabbiy bo'lishga undagan», — deya Kompanining so'zlaridan iqtibos keltiradi Bayern&Germany.
Kompani va Gvardiola belgiyalik futbolchi hali klubda to'p surayotgan vaqtda, 2016-2019 yillarda «Siti»da birga bo'lishgan. 2020 yilda faoliyatini yakunlagach, Kompani murabbiylik faoliyatini boshladi: 2020-2022 yillarda «Anderlext»ni, 2022-2024 yillarda «Byornli»ni boshqargan bo'lsa, 2024 yildan beri «Bavariya»da murabbiylik qilmoqda.
Pepning «Siti»dan ketishi haqida rasman juma kuni, 22 mayda ma'lum bo'ldi.