Vensan Kompani futbolchilarning Bundesligadan APLga o'tishi haqida gapirdi.

"Bavariya" bosh murabbiyi nega ko'plab futbolchilar Bundesligadan APLga o'tayotgani haqidagi savolga javob berdi.

"Pul (kuladi). "Byornli" bilan Chempionshipdan APLga chiqqanimizda, bizga televizion huquqlar uchun pul keldi va bu pullar APLga chiqqan jamoalar uchun 100 million evroni tashkil etadi.

Byudjet 25-30 mln evrodan 120-130 mln evroga oshadi. Bunday pullar bilan Bundesligada top-6 uchun kurashish mumkin.

"Byornli"da biz bozorda "Ayntraxt" va "Volfsburg" bilan raqobatlashdik. Endi esa "Sanderlend" "Bayer"dan futbolchi sotib olib, "Milan" bilan raqobatlashmoqda.

Moliyaviy reallik shunday," - dedi Vensan Kompani.

Avvalroq, Nik Voltemade "Shtutgart"dan 85+5 million evro evaziga "Nyukasl"ga o'tayotgani ma'lum bo'lgandi.