Kompani Dembelening "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi ustozi Vensan Kompani Usmon Dembelening jahon futbolidagi eng nufuzli individual nominatsiyadagi g'alabasi haqida gapirdi - Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib, ushbu sovrinni qo'lga kiritgan frantsiyalik 6-futbolchiga aylandi.
"O'tgan mavsum boshida hamma "PSJ"ni negadir e'tibordan chetda qoldirgandi, ammo u borgan sari kuchayib borayotgandi. Men Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganiga hayron emasman, chunki u bu jamoada eng yaxshi edi," - deya Kompani so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Dembele 2023 yildan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda, bungacha u Kataloniyaning "Barselona" klubi sharafini himoya qilgan.