Kompani birinchi turda 6:0 hisobida g'alaba qozongan "Bavariya"ning o'yiniga baho berdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga 1-turidan o'rin olgan "RB Leyptsig"ga (6:0) qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Tanaffusga qadar Maykl Olise (dubl) va Luis Dias tabloga o'z nomlarini yozdirib qo'yishdi, ikkinchi bo'limda esa Xarri Keyn xet-trik qayd etdi.
"Mukammal o'yin? Yo'q. Men futbolchilarga uchta jihatda yanada qo'shishimiz mumkinligini aytdim, lekin bu kiyinish xonasida qoladi. Biz etarlicha harakatchan edik, o'yindan zavqlanardik. "Alyants Arena"dagi birinchi yaxshi o'yin. Ishonch bilan g'alaba qozondik, lekin bunday g'alaba uchun ham olti emas, uch ochko beriladi. Shu ruhda davom etish kerak," - deya Kompani so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.