Kompani «Bavariya» va «PSJ» o'rtasidagi farq haqida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bo'lajak bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ikkala jamoa ham pozitsion o'yin va maydonda echimlar topish borasida ulkan kreativlikka ega. Bunday o'yinlarda hamma narsani mayda detallar, temp va energiya hal qiladi. Biz «PSJ» bilan allaqachon to'rtinchi marta to'qnash kelmoqdamiz. Bu borada bizda ham, raqibda ham etarlicha tajriba bor. Bu erda hech qanday «sehrli echim» mavjud emas.
Bizning ustunligimiz shundaki, ularga qarshi ko'p marta o'ynaganmiz, ammo bu ikki tomonlama ishlaydigan omil. Biz raqibga qanday bosim o'tkazishni bilamiz. «PSJ» maydonning turli nuqtalarida yaxshi o'ynay oladi, ammo bu bizni g'aflatda qoldirmaydi. Ularning har bir chizig'ida sifatli ijrochilar bor, xuddi biz kabi», — dedi Kompani jurnalistlar bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.