Kompani "Bavariya"ning "Real" ustidan qozonilgan g'alabaga qanday munosabat bildirganini aytdi

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning "Real" jamoasiga qarshi kechgan birinchi o'yindagi g'alabadan so'ng futbolchilarning holati haqida gapirib berdi. 7 aprel kuni Madridda bo'lib o'tgan bahs nemis grandining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Kiyinish xonasida hamma juda ham xotirjam edi. Biz g'alaba qozondik, ammo keyingi bosqichga chiqish uchun yana g'alaba qozonishimiz kerak", — deya Kompanining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi javob o'yini 15 aprel kuni bo'lib o'tadi.