"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga (3:0) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.

Myunxen grandi joriy mavsumda barcha 13 ta baxsda g'alaba qozondi. Ular "Milan" 1992 yilda o'rnatgan Evropa top-chempionatlari rekordini takrorladi.

"Ha, bu ta'sirli, lekin biz bunga qanoat qila olmaymiz - shu ruhda davom etish kerak. Chorshanba kuni "Kyoln" bilan kubok o'yinimiz bor, bu esa butunlay boshqa hikoya", - dedi Kompani DAZN bilan suhbatda.

"Bavariya" 8 turdan so'ng 24 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "RB Leyptsig"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.