Kompani "Bavariya"da kimning o'yinidan hayratda qolayotganini aytdi

Myunxenning "Bavariya" klubi ustozi Vensan Kompani jamoaning angliyalik markaziy hujumchisi Xarri Keynning o'yin darajasi haqida fikr bildirdi.
"Keynning barqarorligidan hayratdaman. Unga Myunxenda o'ynash yoqadi. Hozirda u "Bavariya"ning asosiy etakchisi hisoblanadi. U Jekson bilan yaxshi munosabatda. Nikolas Xarri bilan mashg'ulotlarda rivojlanmoqda", - deya belgiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi ESPN.
Joriy mavsumda Keyn nemis jamoasining 23 ta o'yinida qatnashib, 28 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Angliyalik futbolchi Myunxenning top-klubida 2023 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda.