«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionatida myunxenliklar boshida turgan holda 100 ochko to'plash marrasiga etdi.

Bu natijaga u o'zining 40-o'yinida, «Ayntraxt» ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabadan so'ng erishdi.

Opta agentligi ma'lumotiga ko'ra, «Bavariya» tarixida 100 ochkoga Kompanidan tezroq faqat Xosep Gvardiola etib borgan — u bunga 39 ta o'yinda erishgan.

Shu tariqa, Kompani Xansi Flik natijasini takrorladi va Xabi Alonsoni (47 o'yin) ortda qoldirdi.

Manba: sport24.ru