Kompani 17 yoshli Karlning o'yini haqida fikr bildirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning 17 yoshli yarim himoyachisi Lennart Karlning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Men Karldan himoyada yaxshiroq ishlashini kutyapman. U himoyada yordam berishi va hujum harakatlarida foyda keltirishi mumkin. Hujumdagi o'yinchilar kuchlarini dastlab mudofaa harakatlariga sarflaydilar, shundan so'ng hujumga o'tishlari kerak. Jamoamizda hamma bunga qodir," - deya belgiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Lennart Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 16 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.