«Komo» Saudiya klubining rejalarini buzdi

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Krasnodar» yarim himoyachisi Eduard Spertsyanning transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda insayder Ivan Karpov.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, 39 yoshli ispaniyalik mutaxassis bir oy avval Spertsyanga telefon qilib, uning o'tishiga shaxsan manfaatdor ekanligini tasdiqlagan. Italiya klubining qiziqishi tufayli Spertsyan Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga ehtimoliy transferini hozircha to'xtatib turdi (bundan avval ushbu klubning ham qiziqishi borligi haqida xabar berilgan edi).
2025/26 yilgi mavsumda «Krasnodar» tarbiyalanuvchisi barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
«Komo» jamoasi 71 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Keyingi mavsumda Fabregas jamoasi o'z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.