«Komo» prezidenti: «Uning «Real»ga qaytib ketishidan qo'rqqan edik»

Italiyaning "Komo" klubi prezidenti Mirvan Suvarso jamoaning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Niko Pas haqida fikr bildirdi.
«Biz yoz boshida Niko Pasning "Real Madrid"ga qaytib ketishidan xavotirga tushgan edik.
U ularning akademiyasida ulg'aygan va bir kun kelib "Bernabeu"da o'ynashni orzu qilardi. Yaxshiyamki, u safimizda qoldi», - dedi klub prezidenti.
20 yoshli Pas 2024 yilning yozida 8 million evro evaziga "Komo"ga o'tgan. Hozirda 35 millionga baholanayotgan futbolchining 50 foiz transfer huquqi "qaymoqranglilar"ga tegishli.
Manba: www.stadion.uz.