"Komo" hujumchisi jamoani tark etdi

Italiyalik hujumchi Patrik Kutrone "Parma" futbolchisiga aylandi. "Komo" futbolchini bir mavsumga ijaraga berdi, agar tomonlar ijara muddatidan keyin hamkorlikni davom ettirishga qaror qilsa, parmezanliklar futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega.
Kutrone uch yil oldin "Komo" futbolchisiga aylangandi. O'shanda u "Vulverxempton"dan 2 million evro evaziga jamoaga o'tgan. Avvalroq, "Milan" tarbiyalanuvchisi faoliyatida "Valensiya", "Fiorentina" va "Empoli" klublari ham bo'lgan.
Ayni paytda "Transfermarkt" portali hujumchini 6 mln evroga baholamoqda.
"Parma" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra A Seriyada 16-o'rinni egallab, ligada qolishga muvaffaq bo'ldi.