«Komo» «Chelsi» himoyachisini sotib olish fikridan qaytmayapti

Italiyaning «Komo» klubi Londonning «Chelsi» jamoasi himoyachisi Trevo Chaloba uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda. Sesk Fabregas jamoasi transfer summasini 30 million evroga etkazib, bunga qo'shimcha ravishda 5 million evro bonus taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.
Ushbu taklif «Chelsi»ni qoniqtirishi lozim, chunki «ko'klar» o'z futbolchisining sotuvidan umumiy hisobda 35 million evro ishlab olmoqchi. «Komo»ning dastlabki taklifi taxminan 26-27 million evroni tashkil etgan edi.
Shuningdek, Chalobaga Italiyaning boshqa bir klubi — Milanning «Inter» jamoasi tomonidan ham qiziqish saqlanib qolmoqda.
«Komo» yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, UEFA Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar