Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Andres Kuenka Italiya chempionatiga ko'chib o'tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda taniqli va nufuzli insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi.

Yaqin orada 19 yoshli futbolchi Italiyaning «Komo» klubi qarorgohiga etib boradi va tibbiy ko'rikdan o'tgach, jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer «Komo»ga 700 ming evroga tushadi, shuningdek, kataloniyaliklar futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qolishadi.

Ma'lumot uchun, Andres Kuenka o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Sporting Xixon» klubida o'tkazib, u erda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. U «Barselona»ning La Maniya akademiyasida Lamin Yamal va Pau Kubarsilar bilan bir avlod vakili hisoblanadi.

Ortda qolgan Seriya A mavsumida Sesk Fabregas boshchiligidagi «Komo» kutilmaganda 71 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'rinni egalladi va o'z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini aynan yosh va iqtidorli futbolchilar bilan boshlamoqda.

Manba: Stadion.uz