Kingsli Komanning aytishicha, u Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashdan baxtiyor.

Frantsiyalik vinger "An-Nasr"ga yozda "Bavariya"dan ko'chib o'tgan edi.

"U ajoyib futbolchi, u bilan o'ynash men uchun katta sharaf.

Men bolalarimga Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynaganimni aytib berishim mumkin.

Bunday futbolchilar yonida bo'lish har doim yoqimli," - dedi Koman.

Saudiya klubi Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turida "Al-Holud"ni mag'lub etdi (2:0). Kingsli o'yinda Sadio Manening goliga assistentlik qildi.