Koman Frantsiya terma jamoasiga chaqirilishda davom etayotganiga hayron emas

Yozda vinger Kingsli Koman "An-Nasr"ga ko'chib o'tdi. Biroq, futbolchi Frantsiya terma jamoasi safiga chaqirilishda davom etmoqda. Komanning so'zlariga ko'ra, terma jamoa qaydnomasidan o'rin olish uni ajablantirmaydi.
- Desham meni chaqirganiga hayron bo'lmadim. Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tganimdan keyin ham to'xtatmadim. Saudiya Arabistonida meni unutib qo'yishlaridan qo'rqamanmi? Hammasi aksincha: iltimos, meni unuting. Menga e'tibor kamroq bo'lgani yaxshi," - deya Komanning so'zlarini keltiradi L’Equipe.
Shu oyda Frantsiya terma jamoasi Ozarbayjon (10 oktyabr) va Islandiyaga (13 oktyabr) qarshi o'yinlar o'tkazadi. Sentyabr oyida "uchranglilar" 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida Ukraina (2:0) va Islandiyani (2:1) mag'lub etishgandi.