Kolumbiyalik muxlislar JChdagi 0:0 hisobidan so'ng «Ronaldu qani?» deya hayqirishdi

Kolumbiya terma jamoasi Portugaliya bilan durang (0:0) o'ynadi va jahon chempionatining "K" guruhida birinchi o'rinni egalladi.
O'yindan so'ng Janubiy Amerika jamoasi ishqibozlari tribunalarda «Ronaldu qani?» deya hayqirishdi.
41 yoshli portugaliyalik yulduz maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va raqib darvozasiga uchta zarba yo'lladi (bittasi aniq). U butun o'yin davomida birorta ham aldab o'tishni amalga oshira olmadi va havodagi kurashlarning birortasida g'olib chiqmadi, shuningdek, ikki bor ofsaydda qolib ketdi.
Endi 1/16 finalda Kolumbiya Gana bilan to'qnash keladi, guruhda ikkinchi o'rinni egallagan Portugaliya esa Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar