«Krasnodar» va Kolumbiya terma jamoasi forvardi Jon Kordoba AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan JCh-2026 da boshqa o'ynay olmaydi. Bu haqda milliy jamoa shifokori Nestor Lorenso ma'lum qildi.

«Kordobaning mushaklari yirtilgan. Juda afsuslanarli. U mundialda boshqa maydonga tusha olmaydi. Jamoa muhim futbolchisidan ayrildi. Qolgan o'yinchilar bilan esa hammasi joyida», — deya shifokorning so'zlarini keltiradi AS Colombia.

Bugun, 7 iyul kuni Kolumbiya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 finali doirasida Shveytsariya jamoasi bilan to'qnash keladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 8 iyul soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz