Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kolumbiyaliklar JCh-2026 guruh bosqichining so'nggi turi doirasida portugaliyaliklarga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 28 iyun kuni bo'lib o'tadi.

"Ronaldu — ajoyib o'yinchi, dunyodagi eng yaxshi to'purarlardan biri. Bizning vazifamiz — darvozamiz oldidagi xavfli hududlarda u nazoratsiz qolib ketmasligi uchun hamma narsani qilish. Biroq, fikrimcha, Portugaliya barcha jabhalarda kuchli, shuning uchun gap faqat Ronalduni to'xtatib qolishda emas. Portugaliyaliklarning har bir pozitsiyasida mahoratli o'yinchilar bor", — deya bahs oldidan Lorenso o'z fikrlarini bildirdi.

Kolumbiya ikki turdan so'ng 6 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda, Portugaliya esa 4 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: Stadion.uz