Kolumbiya bosh murabbiyi Shveytsariyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hech kimni ayblamasligini aytdi

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorentso JCh-2026 1/8 finalida Shveytsariya terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatga (0:0, penaltilar bo'yicha — 3:4) izoh berdi.
«Shubhasiz, bizga gol etishmadi. Bu juda shiddatli, taktik va teng kurashlar ostidagi o'yin bo'lishini bilardik. Lekin o'yinga bo'lgan intilishimiz va yo'llagan zarbalarimizni hisobga olsak, 90 daqiqa ichida biroz ko'prog'iga loyiq edik deb o'ylayman. Bizda 15 ta urinish bo'ldi. Bu ko'p, agar gol ura olmasang, buning uchun javob berishga to'g'ri keladi. Bu erda kimdirni ayblash noo'rin. Ba'zida to'p darvozaga kiradi, ba'zida esa yo'q», — deya Lorentsoning so'zlaridan iqtibos keltiradi MSN.
JCh-2026 chorak finalida Shveytsariya Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar