Kolo-Muani va Devis hali tayyor emas

"Tottenxem" Liga kubogi doirasida o'z maydonida "Donkaster"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda. Matbuot anjumanida London jamoasi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoadagi kadrlar holati haqida bir necha so'z aytib o'tdi.
"Kolo-Muani va Devis maydonga tusha olmaydi. Ularda kichik jarohatlar bor, ammo hozircha tiklanish muddati juda qisqa. Solanke va Takai? Ular rivojlanmoqda. Bugun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdik," - dedi Frank jurnalistlarga.
Qo'shimcha qilamizki, "Tottenxem" Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Frank jamoasi o'tgan 5 turda 10 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.