«Yuventus» klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Randal Kolo-Muanini sotib olish ustida ish olib bormoqda. Biroq Corriere della Sera nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, hozirda Turin klubi va «PSJ»ning bu boradagi pozitsiyalari bir-biriga mos kelmayapti.

«PSJ» Kolo-Muani transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi, «Yuventus» esa o'z chegarasini — 35 million evro etib belgilagan. Bundan tashqari, «keksa sinora» quyidagicha ko'rinishdagi sxema taklif qilmoqda: futbolchini 8-10 million evro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 25 million evroga majburiy sotib olish.

Avvalroq «Yuventus» rahbariyati Kolo-Muanini tarkibga qo'shib olish ustida harakat qilayotganini ma'lum qilgan edi. Ushbu futbolchi 2025 yilning birinchi yarmida turinliklar safida ijara asosida to'p surgan.

Manba: Stadion.uz