Kollina Deshamning tanqidiga javob qaytardi

FIFA Hakamlik departamenti rahbari Perluidji Kollina Dide Deshamning so'zlariga munosabat bildirdi. Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh-2026 doirasida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakam Ivan Bartonning malakasini shubha ostiga olgan edi.
Desham salvadorilik hakamning ishini tanqid qilib, uning saviyasi yarim final o'yiniga mos keladimi, degan savolni o'rtaga tashlagandi.
«Hakamning yarim finalni boshqarish uchun etarli darajada malakali emasligiga shubha bildirgan Deshamning izohlariga javoban, FIFAning pozitsiyasi aniq: ha, u albatta etarli saviyaga ega edi», — deya Kollinaning so'zlarini keltiradi «Marca».
Desham shogirdlari endi uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda Argentina yoki Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar