«Inter» bosh murabbiyi yordamchisi Aleksandar Kolarov Skudetto qo'lga kiritilgach, o'tgan mavsumdagi Chempionlar ligasi finalida uchralgan mag'lubiyatni yodga oldi.

Eslatib o'tamiz, «Inter» A Seriya 35-turida «Parma»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, muddatidan oldin Italiya chempioniga aylandi. O'tgan mavsumda «neradzurri» EChL finalida «PSJ»ga yirik (0:5) hisobda imkoniyatni boy bergan edi.

«Biz boshidanoq qilayotgan ishimizga ishongandik. O'yinchilar talablarimizni a'lo darajada bajarishdi. Ular bilan ishlash juda oson bo'ldi. Bir nechta mag'lubiyatlardan so'ng ular darhol o'zlarini ko'rsatib, kerakli reaktsiyani bera olishdi.

O'tgan mavsumdagi EChL finalidagi mag'lubiyat haqida bir og'iz so'z qo'shimcha qilsam. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Jurnalistlar buni mutlaq falokat deb atashdi, lekin boshqa jamoalar hatto finalgacha ham etib bora olishmagandi. Boshqalar divanda o'tirib «Inter»ning o'yinini tomosha qilishdi. Futbolchilar allaqachon o'zlarini ko'rsatib bo'lishgan. Biz nafaqat ularning mahoratidan, balki irodasidan ham foydalandik. Farqni haqiqiy erkaklar belgilab beradi», — dedi Kolarov.