Shanba oqshomining asosiy o'yini Ispaniya chempionatida "Atletiko" va "Real" jamoalari o'rtasida kechadi.

"Matraschilar" sardori Koke uchun bu o'yin u ishtirok etadigan 43-Madrid derbisi bo'ladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u hozirda Meksikada o'ynayotgan afsonaviy Serxio Ramosga etib oladi - u ham 43 marta Madrid derbisida o'ynagan.

Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan 19:15'da start oladi.