Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasi Konferentsiyalar ligasi ikkinchi saralash bosqichi ilk uchrashuvida o'z maydonida Finlyandiyaning «Inter Turku» klubini mag'lub eta olmadi.

Istanbulda bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 16-daqiqasida mehmonlar Klinton Jeftaning goli evaziga hisobni ochishdi. 54-daqiqada esa maydon egalari Emin Bayramning aniq zarbasi orqali muvozanatni tiklashdi.

Ushbu uchrashuvda «Istanbul Bashakshehir» safida O'zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev ham maydonga tushishdi. Shomurodov asosiy tarkibda o'yinni boshladi va 69-daqiqada almashtirildi. Fayzullaev esa 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Javob uchrashuvi 30 iyul kuni Finlyandiyaning Turku shahrida bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz