Kobel JCh-2026 doirasidagi Shveytsariya — Kolumbiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Shveytsariya terma jamoasi darvozaboni Gregor Kobel Kolumbiyaga qarshi JCh-2026 1/8 final bahsining (0:0, penaltilar bo'yicha — 4:3) eng yaxshi o'yinchisi deb e'tirof etildi.
28 yoshli shveytsariyalik posbon o'yin davomida 3 ta seyv amalga oshirdi, shuningdek, penaltilar seriyasida Xuan Kamilo Ernandes tomonidan yo'llangan hal qiluvchi zarbani qaytardi.
Jahon chempionatining chorak finalida Shveytsariya Argentina bilan to'qnash keladi. Uchrashuv yakshanba, 12 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar