«Ko'zimni yumsam, Xavini ko'ryapman»: Jurnalist Xansi Flikning UEFAga qilgan shikoyatini masxara qildi

Cadena SER jurnalisti Manu Karreno Xansi Flik o'zini xuddi Xavi kabi tuta boshlaganini ta'kidladi.
«Barselona» bosh murabbiyi Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvi oldidan o'tkazilgan mashg'ulot vaqtida «Atletiko» uy stadionidagi maydon holati bo'yicha UEFA vakillariga shikoyat qilgan.
«Ba'zida Xansi Flik Xaviga o'xshashni boshlaganini sezib qolaman. Hakamlardan noliydi, maydondan noliydi...
Bir lahzaga ko'zimni yumsam, qarshimda Xavi turgandek bo'ladi. Birinchi o'yindagi hakamlikdan shikoyat qilish, javob o'yinida hakamlik qanday bo'lishini o'ylab xavotirlanish...
Biz uning «Metropolitano»dagi maydon holati bo'yicha UEFA vakillari bilan gaplashayotganini ko'rdik. Bu meni hayratda qoldirdi. Boshqa murabbiylar uchun chimda g'ayritabiiy narsa yo'q edi, lekin Flikni u hayron qoldirdi.
Menimcha, kataloniyaliklarning o'yin oldidan o'zlariga qilayotgan bunday bosimlari ularga qo'l keladi, chunki ular nima tikilganini yaxshi tushunib turishibdi», — dedi Manu Karreno.