Shveytsariyaning mahalliy to'rtinchi divizionida to'p tepadigan Tsyurix klubini futbol plagiati qiroli deb atash mumkin.

Birinchidan, nomning o'zi bunga ishora qiladi - "Yuventus yoshlari". Lekin negadir bu klub  “Barselona”ning formasini yaxshi ko'radi.

Bu mavsum uchun ular tanlagan libos "Barselona"ning 2022/2023 yilgi mavsumida foydalangan uchinchi libosining aniq nusxasidir.

Faqat homiy nomi o'zgartirilib, tegishli emblema yopishtirilgan. Klub vitse-prezidenti Pero Bauer kataloniyaliklardan ularning formasidan foydalanish uchun ruxsat so'raganini aytdi.