Kloppning Germaniya terma jamoasiga tayinlanishi haqida qachon e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi

Yurgen Klopp yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytishi kutilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, mutaxassis Germaniya futbol ittifoqi (DFB) bilan printsipial kelishuvga erishgan. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, yakshanba kuni Nyu-Yorkda Kloppning DFB vakili bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Barcha tomonlar bitimni yakunlash va tayinlovni rasman keyingi hafta e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Jahon chempionati finaliga qadar hech qanday rasmiy bayonot berilishi kutilmayapti.
2025 yil boshidan buyon Yurgen Klopp Red Bullning futbol bo'limida rahbarlik lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha nemis murabbiyi «Liverpul» jamoasini boshqargan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar