"Liverpul"ning afsonaviy murabbiyi Yurgen Klopp Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi. U BBC tayyorlagan hujjatli filmga munosabat bildirar ekan, jumladan, shunday deydi:

"Men Muhammadni boshqarish oson demagan bo'lardim, lekin unga murabbiylik qilish ja unaqa qiyin ish emas. Ammo u senga muammo tug'diradi, qachonki, uni maydondan olib tashlasang. U senga muammo bo'ladi, qachonki uni maydonga tushirmasang".

Avvalroq BBC kanali Muhammad Saloh haqida "Mo Salah: hech qachon taslim bo'lma" nomli hujjatli film tayyorlagani haqida xabar qilingan edi.

Manba: newsnow.co.uk