"Liverpul"ning sobiq ustozi Yurgen Klopp mersisaydliklarning yangi a'zosi Florian Virts haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

"Florian Virts to'g'risida noto'g'ri gapirib qo'ysangiz, hammangiz afsuslanasiz. U juda iste'dodli," - dedi Klopp.

22 yoshli Virts yozgi transfer oynasida "Bayer"dan "Liverpul"ga o'tdi. Germaniyalik xavbekning xaridi ingliz grandiga 125 million evroga tushdi.

"Liverpul" safida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 1 ta golga assistentlik qilgan.