Klopp Germaniyani tubdan o'zgartirish uchun kelyapti

Yurgen Klopp agar Germaniya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo'lsa, juda katta vakolatlarga ega bo'ladi.
Kerri Xau, Patrik Berger va Florian Plettenberglarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, murabbiyga jamoaning ish tizimini fundamental tarzda o'zgartirish va qayta qurishga ruxsat beriladi. Shuningdek, Klopp terma jamoaga o'zining shaxsiy murabbiylar shtabini olib kelishi mumkin.
U bilan birga ko'p yillardan buyon yordamchisi bo'lib kelayotgan Peter Kravitsning kelishi kutilmoqda. Shtabga qo'shilishi mumkin bo'lgan boshqa nomzodlar qatorida Pep Leynders va Jolt Lev nomlari tilga olinmoqda.
Terma jamoa sport direktori Rudi Fyollerning kelajagi hozircha yakuniy qarorga kelinmagan. Shu bilan birga, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Fyoller va Klopp tandemi kamida Evro-2028 musobaqasiga qadar juda samarali ishlay olishi mumkin deb hisoblamoqda.
DFB Klopp boshchiligida nemis futbolining eng asosiy muammolari: umumiy o'yin uslubi, terma jamoa tizimi va yosh futbolchilarni rivojlantirish masalalari bilan jiddiy shug'ullanishni maqsad qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar