Klopp Germaniya terma jamoasida ishlash bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishga yanada yaqinlashdi. Sky Sport Germany xabariga ko'ra, «Liverpul»ning sobiq ustozi Germaniya futbol ittifoqi bilan printsipial kelishuvga erishgan.
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar Nyu-Yorkdagi uchrashuvdan so'ng yakunlandi. Tomonlar keyingi jahon chempionatiga qadar bo'lgan muddatga mo'ljallangan shartnomani kelishib olishdi. Shu bilan birga, hali hal qilinishi kerak bo'lgan oxirgi tafsilotlar qolmoqda.
Endi Klopp Red Bull tizimidan chiqish jarayonini yakunlashi kerak. Kompaniyaning sport yo'nalishi rahbari Oliver Mintslaff bilan kelishuv yaqin kunlarda erishilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar