Klinsmann - Keyn haqida: "Agar men ham shunday o'ynaganimda edi, Matteus meni maydondan uloqtirib tashlagan bo'lardi"

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yurgen Klinsmann myunxenliklar forvardi Xarri Keynning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Agarda men ham shunday o'ynaganimda — orqaga chekinib, uzatmalar berganimda — Lotar Matteus meni maydondan haydab yuborgan bo'lardi.
Xarrining ko'p yillar davomida ko'rsatayotgan o'yini — bu haqiqiy fantastika", — deya Klinsmanning so'zlarini jurnalist Maksimilian Kox keltirdi.
Joriy mavsumda Bundesligada Keyn "Bavariya" safida 21 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.