Kristian Kivu italiyalik murabbiylarning chempionlik seriyasiga chek qo'ydi. Ruminiyalik mutaxassis «Inter»ni klub tarixidagi 21-skudetto sari etaklab keldi.

Kivu Joze Mourino davridan beri Italiya chempionatida g'olib chiqqan ilk xorijlik murabbiyga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis 2009 va 2010 yillarda aynan «Inter» bilan A Seriyada zafar quchgan bo'lib, o'sha vaqtda Kristian uning qo'l ostida himoyachi sifatida to'p surgan.

Mourinodan keyin faqat italiyalik murabbiylar chempionlikni qo'lga kiritib kelayotgan edi: Massimiliano Allegri, Antonio Konte, Mauritsio Sarri, Stefano Pioli, Luchano Spalletti va Simone Indzagi.