Kivu Italiya futbolida tarixiy natija qayd etdi

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya futboli tarixida bir klub bilan uch xil maqomda chempionlikni qo'lga kiritgan ilk insonga aylandi.
Joriy mavsumda 45 yoshli ruminiyalik mutaxassis «neradzurrilar»ni A Seriyada skudetto sari etaklab keldi.
Bungacha Kivu Milan klubining yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida (2021/22 yilgi mavsumda) va «Inter» futbolchisi sifatida uch marta (2007/08, 2008/09, 2009/10 yilgi mavsumlarda) Italiya chempioni bo'lgan edi.