Kivu "Inter" yarim himoyachisiga yuqori baho berdi

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa yarim himoyachisi Pyotr Zelinskining so'nggi o'yinlardagi harakatlariga baho berdi.
"Pyotr o'z o'yinidan mamnun bo'lishi kerak, biz ham. Gap ajoyib fazilatlarga ega fantastik o'yinchi haqida ketmoqda. U o'zi uchun qulay bo'lmagan pozitsiyada o'ynaydi, lekin jamoaga yordam berish uchun qo'lidan kelganini qiladi. Uning ahvoli yaxshilanishda davom etadi va u keyingi o'yinlarda muhim bo'ladi," - deya Kivuning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Joriy mavsumda 31 yoshli polshalik xavbek barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.