Kivu "Inter"ning o'yiniga baho berdi

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriya 3-turidan o'rin olgan "Fiorentina"ga (3:0) qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Maqsadga erishish uchun qiyinchiliklarni engib o'tishni bilish muhim. Bugun oson bo'lmadi: "Fiorentina" tartibli himoyalandi va qarshi hujumlarda bizni aldab o'tishga harakat qildi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qilmadik. Vaziyatni uzoq masofadan berilgan zarba - birinchi bo'limda foydalanilmagan qurol o'zgartirib yubordi. Bu gol vazifamizni ancha engillashtirdi", - dedi Kivu.
"Inter" 9 turdan so'ng 18 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.