Kivu eski an'analarga sodiq qoldi

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoasining o'yini haqida fikr bildirdi.
"Neradzurrilar" avvalgi murabbiy Simone Indzagi qo'l ostida juda yaxshi ishlagan 3-5-2 sxemasiga sodiq qolishgan.
"Men chindan ham sxemani saqlab qolishga qaror qildim, chunki bu jamoaga juda mos keladi. Biz shunchaki kichik tuzatishlar kiritmoqchi edik, lekin eng muhimi, o'zimizga bo'lgan ishonch va ruhiy kuchimizni qaytarish edi.
So'nggi paytlarda bu etishmayotgandi. Men jamoaga zarar bermaslikka harakat qilib, o'z yo'limdan borishda davom etyapman, bu allaqachon yaxshi", - deydi Kivu.